SQL da bir nechta jadvaldan ma'lumot olish uchun JOIN operatoridan foydalanamiz.
INNER JOIN
Faqat ikkala jadvalda mavjud bo'lgan qatorlarni qaytaradi.
SELECT a.ism, b.buyurtma
FROM mijozlar a
INNER JOIN buyurtmalar b ON a.id = b.mijoz_id;
LEFT JOIN
Chap jadvalning barcha qatorlarini va o'ng jadvaldan mos kelgan qatorlarni qaytaradi.
SELECT a.ism, b.buyurtma
FROM mijozlar a
LEFT JOIN buyurtmalar b ON a.id = b.mijoz_id;
RIGHT JOIN
O'ng jadvalning barcha qatorlarini qaytaradi.
FULL JOIN
Har ikki jadvalning barcha qatorlarini qaytaradi.
Qaysi JOIN ni tanlash kerak?
- Faqat mos ma'lumotlar kerak bo'lsa: INNER JOIN
- Asosiy jadvaldagi hamma qatorlar kerak bo'lsa: LEFT JOIN